Messi navbatdagi rekordni yangiladi

10 may 2026, 08:40
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi "Toronto"ga qarshi MLS o'yinida (4:2) gol urdi va ikkita golli uzatma berdi.

Bu argentinalik futbolchiga liga tarixida 100 ochko (gol+pas) to'plash bo'yicha eng tez natija ko'rsatish imkonini berdi. Jahon chempioni buga 64 o'yinda erishdi, deb xabar bermoqda MLS rasmiy sayti.

Takidlash joizki, ushbu statistika assistdan oldingi asssitlarni ham hisobga oladi. Avvalgi rekord "Toronto"ning sobiq o'yinchisi Sebastyan Jovinkoga tegishli edi (95 o'yinda 58 gol + 42 uzatma).

Ushbu ko'rsatkich bo'yicha uchinchi o'rinni "Los-Andjeles Gelaksi" safida o'ynagan Robbi Kin egallaydi. Irlandiyalik 96 o'yinda 62 gol urdi va 39 golli uzatma berdi.


Manba: MLS.com