

- Siz 39 yoshga to'lyapsiz. Formangizni shuncha vaqt mobaynida qanday saqlab qolyapsiz?
- Maydonda men yoshim haqida emas, futbol o'ynashdan oladigan zavqim haqida o'ylayman va jismonan o'zimni yaxshi his qilyapman. Yoshimga qaramay, g'alabalar uchun kurashishga va bor kuchimni berishga astoydil bel bog'laganman. Ertami-kechmi tanam taslim bo'lishi mumkin, lekin hozircha men zavq olyapman. Men o'ynashni yaxshi ko'raman va har doim buni maksimal darajada yaxshi bajarishga harakat qilaman.
- Tug'ilgan kuningiz uchun eng yaxshi sovg'a nima bo'lardi?
- Men Xudodan ortiqroq narsa so'ray olmayman. U menga sportda hamma narsani berdi va men so'ray oladigan yagona narsa - bu o'zim va oilam uchun salomatlik, shuningdek, odamlarga shuncha vaqt davomida quvonch bag'ishlagan ushbu jamoa bilan bu lahzalardan zavqlanishda davom etishdir.
- Yana bir Jahon chempionati haqida nima deysiz?
- Ochig'ini aytsam, Xudodan buni so'rash juda ko'plik qilardi. U menga bergan narsalar etarlidan ham ortiq. Endi menga faqat zavq olish va har doim eng yuqori darajada raqobatlashishga tayyor bo'lgan ushbu jamoa bilan yana bir bor [g'olib chiqishga] urinib ko'rish qoldi, - dedi Messi.



