

Bugun, 24 iyun kuni hujumchi 39 yoshga to'ldi. Messi - Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purar. Argentinalik futbolchi hisobida 18 ta gol bor.
"Bilmayman. Ochig'ini aytsam, hozir bu haqda o'ylamayapman. Bu ancha olis istiqboldek tuyulmoqda... Men avval aytganimdek, bir kunim bilan yashayapman va hozirgi paytga e'tibor qaratganman", - deya Lionel Messining so'zlaridan iqtibos keltiradi taniqli jurnalist va insayder Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Lionel Messi Argentina terma jamoasi tarkibida 2022 yilgi Jahon chempionati g'olibi bo'lgan.



