"U qolganlarning barchasidan ustun". Ronaldo Messining JCHdagi rekordi fonida bayonot berdi

23 iyun 2026, 11:00
Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messining jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylangani borasidagi yutug'i haqida fikr bildirdi.

"Futbol avliyolari uchun bu yutuqning o'zi hamma narsani aytib turibdi - u qolganlarning barchasidan ustun keldi. Agar kimdir jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lishga loyiq bo'lsa, bu aynan Messidir. U 38 yoshda. Men 38 yoshimda faoliyatimni yakunlaganimga to'rt yil bo'lgandi va vaznim 120 kilogrammni tashkil etardi", - dedi Ronaldo.

JCH-2026 guruh bosqichining ikkinchi turidan o'rin olgan Avstriyaga qarshi o'yinda (2:0) argentinalik futbolchi dubl qayd etdi. Ushbu gollar evaziga u kiritilgan to'plar sonini 18 taga etkazib, jahon chempionatlarining yagona va mutlaq rekordchisiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com