Kurtua "Oltin to'p" haqida: "Individual planda hech kim Mbappedan yaxshiroq bo'lmadi, ammo "Real" hech narsa yuta olmadi"

Aslanov Jasurbek
21 okt 2026, 15:59
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua "Oltin to'p" topshirish mezonlari haqida fikr bildirdi va sovrin kimga nasib etishi kerakligini aytdi.

"Menimcha, Mbappe ushbu mukofotga loyiq, ammo odamlar o'z mantig'idan kelib chiqib ovoz berishadi.

Kimni tanlash kerak: sovrinlarni qo'lga kiritgannimi yoki hech narsa yuta olmagan bo'lsa ham, butun mavsum davomida boshqalardan bir bosh baland bo'lgannimi? Men aynan Kilian haqida gapiryapman. Mening nazarimda, individual planda hech kim undan yaxshiroq bo'lmadi, ammo, afsuski, jamoa sifatida biz hech narsa yuta olmadik.

Mening fikrimcha, Lamin Yamal unchalik yorqin Jahon chempionatini o'tkazmadi [Mbappe kabi], ammo u jahon chempioni bo'ldi, "Barselona" bilan Ispaniya chempionatini yutdi va umuman olganda kuchli yil o'tkazdi", - dedi belgiyalik posbon DAZNga bergan intervyusida.

Kurtua 2024 yilda Vinisius Junior yoki Daniel Karvaxal g'alaba qozonishini kutganini, ammo yakunda sovrin Rodriga nasib etganini ta'kidladi.

"Terma jamoasi bilan Yevropa chempioni bo'lgan bo'lsa-da, bu uning eng yaxshi yili bo'ldi deb o'ylamayman. Menimcha, u bir yil avval, "Siti" Chempionlar ligasini yuggan paytda g'alabaga ko'proq loyiq edi. Bazida "Oltin to'p" sohibini tanlashda qanday ovoz berish kerakligini tushunish qiyin bo'ladi", - dedi Tibo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As