Keyn “Oltin to'p” so'rovnomasida Mbappedan necha ochkoga o'zib ketdi?

Sherzod Nurmatov
27 okt 2026, 19:35
"Oltin to'p" sovrini uchun ovoz berish natijalariga ko'ra, "Bavariya" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn hamda "Real" va Fransiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappeni 40 ochko ajratib turdi, deb xabar berdi “France Football” jurnali.

Keyn nashr talqiniga ko'ra, 2025/26 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi mukofotini qo'lga kiritdi.

2024 yilda "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri va "Real" hujumchisi Vinisius o'rtasidagi farq 41 ochkoni tashkil etgandi. 2025 yilda esa PSJ vingeri Usmon Dembele ovoz berish yakunlariga ko'ra, 1380 ochko to'plagan, ikkinchi o'rinni egallagan "Barselona" yarim himoyachisi Lamin Yamal esa undan 321 ochko ortda qolgan edi.

2026 yilda uchinchi o'rinni Yamal egalladi, shuningdek, top-10 ro'yxatidan Rodri, Lionel Messi, Xvicha Kvaratsxeliya, Usmon Dembele, Erling Holand, Maykl Olise va Fabian Ruis joy oldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: France Football