Mbappe Valverdening Chuameni bilan janjalini ko'rmagan

Sherzod Nurmatov
15 may 2026, 19:14
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Orelen Chuameni va Federiko Valverde o'rtasidagi tortishuv haqida hech qanday ma'lumotga ega emasligini bildirdi.

"Chuameni va Valverde o'rtasidagi janjal? Men u yerda yo'q edim, allaqachon mashg'ulot markazini tark etgandim. Nima bo'lganini bilmayman", – dedi Mbappe.

O'tgan hafta"Barselona"ga qarshi o'yin oldidan Valverde va Chuameni o'zaro tortishgani haqidagi xabarlar ommaga chiqib ketdi. Janjal urugvaylikning bosh miya jarohatiga olib keldi. "Real" ikki futbolchini ham 500 ming evro jarimaga tortdi.

"Real" 80 ochkoga ega va Ispaniya chempionati jadvalida 2-o'rinda bormoqda. "Ovedo" esa 29 ochko bilan oxirgi pog'onaga joylashgan.

Avvalroq Mbappe Peresni dunyo va "Real" tarixidagi eng yaxshi prezident deb atagan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ActuFoot