Gvardiola "Manchester Siti"ning yangi murabbiyini o'zi tanladi

Aslanov Jasurbek
19 may 2026, 21:47
Gvardiola Mareskaning "Siti"ga tayinlanishini maqulladi.

Pep Gvardiola Enco Mareska nomzodini "Manchester Siti" bosh murabbiyligiga maqulladi.

Bundan oldinroq, "Chelsi"da ishlagan italiyalik mutaxassis "Siti"da Pepning o'rnini egallashi va uch yillik shartnoma imzolashi ma'lum bo'lgan edi.

"talkSPORT" xabariga ko'ra, Yoxan Kroyffdan tahsil olgan va uning murabbiylik falsafasini rivojlantirgan Pep Manchester klubida o'z merosini saqlab qolishdan manfaatdor.

Shu sababli, u ilgari o'z murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan Mareskaning tayinlanishini qo'llab-quvvatladi. Gvardiola hatto sport direktori Ugu Viana bilan birgalikda yangi murabbiy bo'yicha qaror qabul qilish jarayonida shaxsan ishtirok etgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: talkSPORT