Mbappe "Oltin to'p" haqida: "Men eng kuchlilar o'ynaydigan eng muhim turnirlarning eng yaxshi to'purari bo'ldim. Tarix mukofotlanishi kerak"

8 sen 2026, 09:00
Kilian Mbappe o'zini "Oltin to'p"ga asosiy da'vogar deb hisoblaydi.

"Menda bu yil uni yutishim mumkinligi haqida tuyg'u bor, shuning uchun o'zimni chetga olmayapman.

Bu individual mukofot. Futbolchining individual tarzda nima qilganiga qarashadi. Odamlar meni sovrinlar yuta olmagan deyishadi, lekin men "Oltin to'p"ni kimdir bir ovozdan, hammaga va har doim mos kelgan holda olganini hech qachon ko'rmaganman. Kimdir qachondir 100 foiz ovoz bilan yutganini bilmayman. Bu degani, inson bunga loyiq emas edi deb hisoblaydigan kimdir hamisha topiladi.

Dunyo kubogi tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lish, mavjud bo'lgan eng muhim turnirda sportning barcha buyuk afsonalarini ortda qoldirish - bu xotirada muhrlanib qoladigan, dunyo miqyosidagi voqeadir. Dunyoning eng kuchlilari o'ynaydigan eng muhim musobaqani eng yaxshi to'purar maqomida yakunlash - bu muhim. Tarix hamisha mukofotlanishi kerak", - dedi "Real" va Fransiya terma jamoasi forvardi France Football’ga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Manba: France Football