"Borussiya" futbolchisi uchun Yevropaning TOP klublari da'vogarlik qilmoqda

8 sen 2026, 10:20
"Milan" va "Yuventus" Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Daniel Svenssonni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Italiya grandlari yanvardagi transfer oynasida 24 yoshli shvetsiyalik futbolchi uchun "Arsenal" va "Manchester Yunayted" bilan kurashishga tayyor.

Svensson himoyaning chap qanotida ham, markazida ham o'ynay oladi. "Borussiya" futbolchini 35-45 million evroga baholamoqda. "Milan" va "Yuventus" bosh murabbiylari Ruben Amorim hamda Luchano Spalletti rahbariyatdan yanvar oyida tarkibni kuchaytirishni so'rashlari mumkin, chunki yozgi transferlar barcha muammoli poziciyalarni yopa olmadi.

Avvalroq Svenssonning Italiyaga ko'chib o'tishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Joriy mavsumda shvetsiyalik futbolchi "Borussiya" safida Bundesligada ikkita o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports