
Bu haqda prezident matbuot kotibi Askat Alagozov ma'lum qildi. Matbuot kotibining ma'lum qilishicha, ushbu arenaning qurilishi uchun jami 386 million AQSH dollari sarflangan.
Avvalroq ushbu stadionning qurilishi uchun 60 million dollar sarflangani haqida xabar berilgandi. Biroq bu ma'lumotni prezident matbuot kotibi inkor qilib chiqdi.
"Bunday masshtabdagi obektni 60 million dollarga qurishning iloji yo'q. Ushbu raqamlarni faqat piar maqsadida tarqatishni to'xtatishingizni so'raymiz. Jahon tajribasiga murojaat qiladigan bo'lsak, 50–60 ming tomoshabinga mo'ljallangan zamonaviy stadionlar qurilishi kamida 500 million dollarga tushadi. Siz bundan arzonroqqa qurilgan bu kabi obektlarni topa olmaysiz", - dedi Alagozov.