"Mashal" yana bir futbolchini tarkibiga qo'shib oldi

18 iyul 2026, 20:34
"Mashal" matbuot xizmati Doniyor Narzullaevning tarkibga qo'shib olinganligini ma'lum qildi.

“Jamoa tajribali qanot hujumchisi Doniyor Narzullaev bilan shartnoma imzoladi.

31 yoshli futbolchi 1995 yil 11 aprel kuni Qarshi shahrida tavallud topgan. U asosan o'ng qanot hujumchisi sifatida harakat qiladi, shuningdek, chap qanot va hujumkor yarim himoyachi poziciyalarida ham samarali o'ynay oladi.

Doniyor Narzullaev faoliyati davomida O'zbekistonning qator jamoalari sharafini himoya qilgan bo'lib, Superliga va Pro ligada katta tajriba to'plagan. U yoshlar terma jamoalarida ham to'p surgan va O'zbekiston U-23 terma jamoasi safida maydonga tushgan”, - deyiladi klub bayonotida.

photo_2026-07-18_20-19-43 - kopiya.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: "Машъал" матбуот хизмати