

Murosasiz va qiziqarli kechgan bahsda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi. "Qo'qon-1912" Superliga doirasida 270 daqiqadan buyon muborakliklar darvozasiga yo'l topa olayotgani yo'q. "Shunqorlar" so'ngi bor 2024 yilgi mavsumning ikkinchi davrasida raqibiga gol urgan, o'sha o'yinda 1:1 natijasi qayd etilgan. Oxirgi 3 ta qarama-qarshilikda esa "Mashal" 4:0, 1:0, 1:0 hisoblarida g'alabani tantana qildi.
"Mashal" endilikda 22 iyul sanasida "Nasaf" sinovidan o'tib ko'radi, qo'qonliklar shu kuni uyda OKMKni qarshi oladi.



