

- "Mashal" mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. O'yin oldidan yigitlarga bu holatni yaxshilab tushuntirgandik, ular ikkinchi raqamli bo'lib o'ynashini bilgandik. Barcha jamoalar bir xil sharoitda kelishdi: uzoq muddatli tanaffus bo'lgani barchada sezildi. Futbol shunday o'yin, xatolarni kechirmaydi. Gollar doimo xatolardan tashkil topadi. Birinchi bo'limda 100 foizlik imkoniyatlarimiz bo'lgandi, biroq bundan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda ham 100 foizlik vaziyat yuzaga keldi. Aytishganidek, sen urmasang, senga gol urishadi. Biroz e'tiborsizlik va koncentraciyaning yo'qotilishi golga sabab bo'ldi. Bizda ko'plab vaziyatlar yuzaga kelayotgani sababli tabloda bu hisob qolmasligiga ishonayotgandik. Barcha o'yinlarda hech bo'lmaganda bitta vaziyat yuzaga keladi. "Mashal" esa o'z vaziyatidan foydalanib ketdi. Agarda birinchi golni biz urganimizda, ikkinchi va uchinchisini ham urgan bo'lardik. Bizni raqibdan kuchli edi deyishyapti. Lekin tabloda hisob 1:0, biz gol ura olmadik. Zaxiraga qo'l urdik, ularda ham vaziyatlar bo'ldi. Agarda ular darvozani nishonga olishganida... Bilmadim. Mag'lubiyatlar kuzatilganda barcha murabbiyni aybdor deb hisoblaydi. Biroq bugun biz ko'plab golli vaziyatlardan foydalana olmadik.

- Yangi futbolchilarni tarkibga jalb qilishda ko'zlangan maqsadga erishildimi?
- Bugun darvozabonimizga deyarli ish bo'lmadi, bexato o'ynadi. Rahimjon - yaxshi, sifatli darvozabon. U vaziyatda darvozabon ham yordam bera olmasdi. Markaziy himoyachini tarkibga qo'shib oldik, u ham yaxshi ko'rindi.
- "Qo'qon-1912" e'tiborini nimaga qaratadi: kubok yoki chempionat?
- Har bir o'yinda g'alaba uchun o'ynaymiz, o'ynaganda ham boshidan to oxirigacha munosib o'ynamoqchimiz. Superliganing 5-6 jamoasidan tashqari, boshqalarda qanday vazifalar bor? Bu erga kelganimda oldingilariga qaraganda yaxshiroq futbol o'ynashimizni va yaxshiroq natijalar qayd eta olishimizni aytganman. Biroq bu hozircha amalga oshmayapti. Har bir o'yinda natijaga erishish uchun bizga nimalardir halaqit qilmoqda. Bugun biz jamoamiz g'alabaga loyiq emasdi, deya olmayman. Xatolarni to'g'rilashimiz kerak. Bizga yaxshi hujumchi kerak va u birinchi va ikkinchi bo'limdagi vaziyatlarni golga aylantirishi kerak edi.



