Emiliano Martines: "Qo'lim har kuni og'riydi, ammo Jahon chempionatini o'tkazib yuborishni istamadim"

18 iyul 2026, 20:19
Argentina termasi darvozaboni Emiliano Martines JCH–2026 oldidan olgan o'ng qo'li jarohati va musobaqaga qanday tayyorlangani haqida ochiqchasiga gapirdi.

Golkiperning aytishicha, AQSH va Angliyadagi barcha mutaxassislar unga jarrohlik amaliyotini tavsiya qilgan. Biroq Martines mundialni o'tkazib yubormaslik uchun operaciyadan voz kechib, operaciyasiz davolanish yo'lini tanlagan.

"Qo'lim hali ham har kuni og'riydi. Bu og'riq bo'lishini avvaldan bilardim. Men operaciyadan qochdim. AQSH va Angliyada maslahatlashgan barcha shifokorlar operaciya qilish kerakligini aytdi. Aks holda o'ynay olmasligimni takidlashdi.

Yevropa ligasi finalida barmog'im singan holda g'alaba qozonganingdan keyin senga operaciya qilishing kerakligi, Jahon chempionatining guruh bosqichini o'tkazib yuborishing mumkinligini aytishsa, insonning xayoliga turli o'ylar keladi.

Mening tayyorgarligim boshqalarnikidan butunlay farq qildi. Ilk o'yindan ikki kun avvalgacha faqat bir qo'lim bilan to'pga tashlanardim. Xuddi ikkinchi qo'lim yo'qdek edi.

Guruh bosqichi davomida jamoa bilan to'liq mashg'ulot o'tkaza olmadim. Bu menga juda og'ir ta’sir qildi, chunki men mashg'ulot qilishni juda yaxshi ko'raman. Ammo 1/8 yoki chorak finaldan boshlab, Misrga qarshi o'yindan keyin odatdagidek mashg'ulot o'tkazdim va hozir o'zimni ancha yaxshi his qilayapman", - dedi Martines.

Eslatib o'tamiz, Emiliano Martines JCH–2026 davomida Argentina terma jamoasining asosiy darvozaboni sifatida maydonga tushdi va jamoaning finalga chiqishida muhim hissa qo'shdi. U avvalroq ham 2022 yilgi Jahon chempionatida ko'rsatgan ishonchli o'yini bilan Argentina chempionligiga katta hissa qo'shgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: TN