

- Ikkala jamoa uchun ham og'ir o'yin bo'ldi. Bugun issiq sababli biroz qiynaldik. Yigitlar ko'rsatmalarimizni bajara olishdi. Hali yigitlar bilan tanishish jarayonidaman. Biz boshqacharoq futbol namoyish qilmoqchi edik va buni bugunoq ko'rsatmoqchi bo'lgandik. Yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman. Bunga munosib edik.
- Jamoaga yangi legioner darvozabon olingan, biroq u bugun ko'rinish bermadi.
- U kechagina jamoaga qo'shildi va shu sababli uni qaydnomaga kiritishni istamadik. Barchaning o'z vaqti keladi. Hali oldinda 18 o'yin bor. Barcha futbolchilarga imkoniyat beraman, deb ayta olmayman. Vazifamiz juda og'ir. Ikki qadam oldinga tashlash uchun bir qadam ortga tashlashga majburmiz. Futbolchilarning holatiga qarab tarkib tuzishga harakat qilamiz. O'yin sifatini birdaniga o'zgartirib tashlay olmaymiz. Hozircha jamoa "koma" holatida emas.

- Taxlillarsiz ishlash qiyin. "Mashal" birinchi davrada umuman g'alaba qozona olmadi. Buning sababi nimada deb o'ylaysiz?
- Buni imkonsiz deb hisoblardim. Buni tushuntirish juda qiyin. Bunda futbolchilarni ham, murabbiylar shtabini ham ayblasak bo'ladi. Jamoa 11 turda ochko ololmadimi, demak, tizimda nosozlik bor. Bunda faqatgina murabbiylar shtabini ayblab bo'lmaydi. Futbolchilar ham mas'uliyatni bo'ynilariga olishlari kerak. Murabbiy qilib meni tayinlashganidan keyin menga ham bu qiziq bo'ldi. Endi ishlarda o'zgarishlar qilish kerak.
- Odatda autsayder jamoalarda ishlamagansiz. Bu yerda ishlashingiz uchun nima turtki berdi va vazifalar qanday?
- Tabiiyki, ilk vazifamiz - Superligada qolish. Buni uddalasa bo'ladi, biroq bilasiz, bu juda qiyin. Ilojsiz ishning o'zi yo'q. Ikkinchi vazifa esa - yangi jamoa qurish. Eng avvalo ushbu yigitlar orqali raqobatbardosh jamoa shakllantirish va maqsadlarga erishish. Buning uchun yigitlarning sifatlarini oshirish, yaxshilash kerak. Bu erga kelishimdan oldin eng katta savol futbolchilarning sifatiga bo'lgandi. Bugun ko'rindiki, ular kar-soqov emaslar. Hali oldindagi o'yinlarni ko'rishimiz kerak. 4 kundan keyin bizni yana o'yin kutib turibdi. Agarda ishlar shunday yaxshi ketsa, hech nimani o'zgartirmaymiz va yangi futbolchilar izlamaymiz.
- "Mashal"ning legionerlar bilan ishlash salohiyatini qanday baholaysiz.
- Hozircha hech nima deya olmayman. Chunki bu yerda ko'p ham ishlayotganim yo'q.



