Fakt. Sergey Lushchan jamoalaridagi debyut o'yinlarida mag'lub bo'lmayapti

Iskandarov Abdulaziz
18 iyul 2026, 14:05
Xabaringiz bor, Superliga restartiga yaqin "Mashal" jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi.

Endilikda jamoaga tajribali mutaxassis Sergey Lushchan ustozlik qiladigan bo'ldi. Mazkur murabbiy kecha "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsda yangi jamoasida debyut uchrashuvini o'tkazishga ham muvaffaq bo'ldi (1:0). Qiziq fakt shundaki, Sergey Lushchan o'zi ish boshlagan jamoalardagi debyut o'yinlarida mag'lubiyatga uchrayotgani yo'q.

2014 yil "Bunyodkor" asosiy jamoasida "Neftchi" bilan 1:1 durang qayd etgan.

2018 yil "So'g'diyona" boshqaruvidagi ilk bellashuvida "Navbahor"ni 3:2 hisobida enggan.

2020 yil "Dinamo"dagi debochasi "Xorazm" ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba bilan boshlangan.

2024 yil bu safar "Navbahor" yo'l boshchisi sifatida "So'g'diyona"ni 3:2 natijasida taslim qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia