

"Andijon" – "Surxon" 0:1
Bosh hakam: Olim To'ychiboev
Yordamchi hakamlar: Shohruh A'zamov, Aziz Isoqov
Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonov
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Alisher Usmonov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Vladimir Nazarov
Gol: 0:1 – 64, Richard Fraydey
"Andijon": 1. Eldor Adhamov, 77. Mahmudjon Mahamadjonov, 2. Odilbek Abdumajidov, 15. Nemanya Chalasan, 10. Dragan Cheran (11. Humoyunmirzo Iminov, 46), 6. Aleksandre Andronikashvili, 33. Doniyor Abdumannopov (28. Bekzod Sulaymonov, 46), 26. Muhammadkarim Toirov, 7. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 9. Imeda Ashortia, 22. Usmonali Ismonaliev.
Zaxira: 12. Ilnur Zokirov, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 88. Shohjahon Yorqinboev, 14. Abdurahmon Komilov, 5. Abdulvohid G'ulomov, 18. Damir Temirov, 70. Hamidullo Karimov.
"Surxon": 86. Davron Merganov (25. Otabek Boymurodov, 9), 26. Behruz Shukurullaev, 6. Behzod Shamsiev, 66. Behruz Shaydulov, 7. Doston Tursunov, 14. Tohirjon Ashuboev (32. Boburjon Rahimjonov, 55), 17. Sarvar Abduhamidov, 15. Diyor Ramazonov, 8. Humoyun Sherbotaev, 19. Farruhjon Qodirov (39. Mirmaqsud Mirusmonov, 46), 11. Richard Fraydey.
Zaxira: 33. Umidbek Quvondiqov, 27. Muhammadali Musaxonov, 21. Tornike Dzebniauri, 18. Behruz O'ktamov, 91. A'zamjon Temirxonov, 31. Kamronbek Ergashev.
Ogohlantirish: Sarvar Abduhamidov (41)
72-daqiqa. "Andijon" jamoasi hisobni tenglashtirish uchun oldinga intilmoqda.
Chap qanotdan faol harakat qilgan Bekzod Sulaymonov jarima maydonchasi ichiga xavfli pas uzatdi. Biroq "Surxon" himoyachisi Behzod Shamsiev to'p yo'liga g'ov bo'lib, xavfni bartaraf etdi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Mezbonlar burchak to'pini amalga oshirishadi.
64-daqiqa. GOOOOOOOOL! "Surxon" hisobni ochmoqda!
"Andijon" himoyachisi Odilbek Abdumajidov o'z jarima maydonchasi ichida ketma-ket ikki marta qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. To'pni nazorat qilishda xato qilgan himoyachidan kelgan pasdan so'ng "Surxon" hujumchisi Richard Fraydey qulay imkoniyatdan unumli foydalandi va to'pni darvozaga qiyinchiliksiz joylab qo'ydi.
Mezbonlar himoyasidagi pala-partishlik qimmatga tushdi. "Andijon" – "Surxon" – 0:1.
61-daqiqa. XAVFLI VAZIYAT! "Surxon" jamoasidan juda xavfli hujum!
Mezbonlar darvozasi tomon olis masofadan belgilangan jarima zarbasini Sarvar Abduhamidov ijro etdi. Uning yo'llagan kuchli va aylanma zarbasi juda xavfli ko'rinish oldi, biroq to'p darvoza ustunining yonidan o'tib, maydonni tark etdi. Eldor Adhamov vaziyatni nazorat qilib turgan bo'lsa-da, "Andijon" muxlislari biroz xavotirga tushishdi.
55-daqiqa. To'liq aniqlik kiritamiz. "Surxon" jamoasi tarkibida maydonni 14-raqamli Tohirjon Ashuboev tark etdi. Uning o'rniga o'yinga 32-raqamli Boburjon Rahimjonov qo'shildi.
Mehmonlar yarim himoya chizig'ini yangilab, faollikni oshirishga harakat qilishmoqda. O'yin davom etadi.
52-daqiqa. XAVFLI VAZIYAT! "Andijon" jamoasi javob hujumida golga juda yaqin keldi.
Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Bekzod Sulaymonov chap qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga ajoyib va aniq pas uzatdi. U yerda paydo bo'lgan Imeda Ashortia to'pni darvozaga yo'naltirdi, biroq kuchli zarbadan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi. "Surxon" jamoasini muqarrar goldan mana shu to'sin qutqarib qoldi.
51-daqiqa. "Surxon" jamoasidan xavfli hujum! Mehmonlar futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi.
Yo'lda to'p "Andijon" himoyachilaridan biriga tegib, rikoshet holatida yo'nalishini o'zgartirdi va maydonni tark etdi. Burchak to'pi. Bu vaziyatda mezbonlar darvozaboni Eldor Adhamov voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib turgandi.
49-daqiqa. VAR hakamlari vaziyatni to'liq tekshirib bo'lishdi – ofsayd tasdiqlandi. Po'latxo'ja Xoldorxonov to'pni qabul qilib olayotgan vaziyatda chindan ham o'yindan tashqari holatda bo'lgani ma'lum bo'ldi.
"Andijon" jamoasining goli bekor qilindi, hisob o'zgarishsiz qolmoqda – 0:0. "Surxon" futbolchilari erkin zarba bilan to'pni o'yinga kiritishadi.
47-daqiqa. GOOOOOOOOL!.. Yo'q, gol inobatga olinmadi shekilli! "Andijon" jamoasining 7-raqamli futbolchisi Po'latxo'ja Xoldorxonov darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va to'pni darvozaga joylab qo'ygandi.
Biroq yon hakam hujum vaqtida ofsayd bo'lganligini ko'rsatib, bayroqchasini ko'tardi. Stadionda hayajon yuqori darajada. Endi vaziyatni VAR hakamlari tekshirishmoqda.
46-daqiqa. Tarkiblardagi o'zgarishlarni to'liq va aniqlashtirilgan holda bayon etamiz.
"Surxon" jamoasida Farruhjon Qodirov o'rniga Mirmaqsud Mirusmonov maydonga tushdi.
"Andijon" tarkibida esa Dragan Cheran o'z o'rnini Humoyunmirzo Iminovga bo'shatib bergan bo'lsa, Doniyor Abdumannopov o'rniga Bekzod Sulaymonov o'yinni davom ettiradigan bo'ldi. O'yin davom etmoqda.
45+6-daqiqa. Bosh hakam Olim To'ychiboev xushtagini chalib, uchrashuvning birinchi bo'limi yakunlanganini ma'lum qildi.
Jamoalar tanaffusga 0:0 hisobidagi durang bilan yo'l olishmoqda. Birinchi bo'lim shiddatli kurashlarga, majburiy o'zgarish va xavfli vaziyatlarga boy bo'ldi, biroq darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Biroz dam olamiz va tez orada ikkinchi bo'lim sharhi bilan efirga qaytamiz.
45-daqiqa. Uchrashuvning birinchi bo'limiga bosh hakam Olim To'ychiboev tomonidan 6 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
Bunga asosiy sabab – o'yin boshida "Surxon" darvozaboni Davron Merganov jarohat olgani sababli bahsda yuzaga kelgan uzoq to'xtalish bo'ldi. Bulim so'nggigacha jamoalarda vaziyatni o'zgartirish uchun hali etarlicha vaqt bor.
41-daqiqa. Maydonda qoida buzildi va bosh hakam Olim To'ychiboev qo'lini cho'ntagiga olib bordi. "Andijon" jamoasi yarim himoyachisi Doniyor Abdumannopov tezkor hujumga o'tayotgan bir vaziyatda, "Surxon" a'zosi Sarvar Abduhamidov uning libosidan ushlab, hujumning rivojlanishini qasddan to'xtatib qoldi. Hakam taktik fol uchun Sarvar Abduhamidovni sariq kartochka bilan jazoladi.
38-daqiqa. "Andijon" hisobni ochish uchun juda qulay imkoniyatni qo'ldan boy berdi. Po'latxo'ja Xoldorxonov raqib himoyachilaridan qochib kyetib, darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqishi mumkin edi. Biroq hujumchi maydonda biroz toyib ketdi va to'p tezligiga etolmadi. Vaziyatdan unumli foydalangan "Surxon" darvozaboni Otabek Boymurodov oldinga chiqib, to'pni egallab oldi.
30-daqiqa. "Andijon" jamoasi chap qanotdan hujum tashkil etdi. Doniyor Abdumannopov jarima maydonchasi ichiga xavfli uzatmani amalga oshirdi, biroq to'pga na hujumchilar, na himoyachilar tega olishdi – to'p maydonni tark etdi.
21-daqiqa. "Surxon" jamoasidan xavfli javob hujumi. Farruhjon Qodirov qulay imkoniyatga ega bo'lib, darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. To'p ustunning xavfli darajada yaqinidan o'tib ketdi.
Translyatsiyada kichik nosozlik kuzatilmoqda. O'yin boshidan beri efirda ushbu uchrashuv emas, balki parallel ravishda kechayotgan "Qizilqum" – "Dinamo" bahsi muxlislarining ovozi eshitilib turibdi. Rejissyorlar tez orada bu xatolikni to'g'irlashadi degan umiddamiz. Navbatdagi daqiqalarni kutamiz.
18-daqiqa. "Andijon" jamoasining bosimi kuchaymoqda. Doniyor Abdumannopov raqib jarima maydonchasi tashqarisidan darvozaning uzoq burchagini nishonga olib, aylanma zarba yo'lladi. Biroq to'p traektoriyasi biroz noaniq bo'ldi.
17-daqiqa. "Andijon" hujumchisi Po'latxo'ja Xoldorxonov jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib, darvoza tomon zarba yo'lladi. Biroq uning urinishiga biroz aniqlik yetishmadi, qolaversa, hakam vaziyatda ofsayd qayd etdi.
16-daqiqa. "Andijon" jamoasining chap qanotdan tashkil etgan navbatdagi hujumi besamar yakunlandi. To'p uzatishdan so'ng "Surxon" darvozaboni Otabek Boymurodov ishonchli harakat qilib, to'pni egallab oldi.
9-daqiqa. "Surxon" tarkibida majburiy o'zgarish. To'qnashuv oqibatida jiddiy jarohat olgan darvozabon Davron Merganov nosilkada maydondan olib chiqib ketildi. Uning o'rniga zaxiradan Otabek Boymurodov o'yinga qo'shildi.
5-daqiqa. Maydonda jiddiy vaziyat. "Surxon" darvozaboni Davron Merganov "Andijon" hujumchisi Po'latxo'ja Xoldorxonov bilan to'p uchun kurashda kuchli to'qnashuvga duch keldi va hushini yo'qotdi. Shifokorlar zudlik bilan maydonga taklif etildi, ularga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
3-daqiqa. "Andijon" vakili Dragan Cheran raqib darvozasi tomon kuchli zarba yo'lladi. Biroq uning bergan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi – to'p maydon tashqarisiga ketdi.
2-daqiqa. "Surxon" hujumchisi Richard Fraydey qulay vaziyatga chiqib bordi. Biroq poziciyasi noqulay bo'lgani sababli uning bergan zarbasi kuchsiz chiqdi, "Andijon" darvozaboni Eldor Adhamov to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.
1. Bosh hakam Olim To'ychiboevning xushtagi chalindi. "Andijon" va "Surxon" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga start berildi. Futbolchilar to'pni o'yinga kiritishdi, bahs boshlandi.
Jamoalar uchrashuv bo'lib o'tadigan maydonga chiqib kelishdi. Mezbonlar – "Andijon" futbolchilari ananaviy qizil, mehmonlar – "Surxon" jamoasi esa sariq liboslarda harakat qiladi. Hakamlar brigadasi hamda futbolchilar o'yin boshlanishiga shay.



