

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, etkazilgan zarar tufayli savdo nuqtasini vaqtincha yopishga to'g'ri keldi.
"Marsel" futbol klubi Kaneber ko'chasidagi rasmiy do'konimiz nishonga aylangan zo'ravonlik va talonchilik harakatlarini keskin qoralaydi. Sodir bo'lgan voqea katta moddiy zarar etkazdi, shu sababli do'konni tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopishga majbur bo'ldik. Shu bilan birga, muxlislar klubning shahardagi boshqa rasmiy do'konlariga tashrif buyurishlari mumkin", – deyiladi "Marsel" bayonotida.
17 oktyabr kuni Parij va Fransiyaning boshqa shaharlarida yonilg'i narxining oshishi hamda aholi xarid qobiliyatining pasayishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo'lib o'tdi. OAV namoyishlarda 500 mingdan 800 minggacha odam qatnashgani haqida xabar berdi.



