

Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy Jorje Jezush uni 27 sentyabr kuni bo'lib o'tgan Norvegiyaga qarshi o'yinda maydonga tushirmaslikka qaror qilganidan so'ng Portugaliya terma jamoasini tark etgan edi. 41 yoshli hujumchi milliy jamoada boshqa o'ynamaslikka qaror qilgani xabar qilingandi.
- Bir necha kun davomida portugaliyaliklar kuchli his-tuyg'ularni boshdan kechirishdi, ammo keyin o'zlarini qo'lga olishdi va Daniyada hamda bugun [Norvegiyaga qarshi o'yinda] g'alaba qozonishi kerak bo'lgan terma jamoa atrofida milliy jipslikni namoyish etishdi.
Eng muhim narsa ustuvor vazifaga aylandi: terma jamoani jipslashtirish, Portugaliya yo'lida hammani birlashtirish. Bu Krishtianuga ham, Jezushga ham, Futbol federatsiyasiga ham va butun portugaliya xalqiga ham tegishli. To'rtta sinov – to'rtta g'alaba. Uyda esa ichki muammolarni xotirjam va oqilona hal qilish kerak, - dedi Marselu Rebelu de Souza RTP efirida.



