"Manchester Yunayted" va "Liverpul" braziliyalik himoyachiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
22 may 2026, 12:08
Angliya klublari "Yuventus" himoyachisi Gleyson Bremerni sotib olmoqchi.

Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 29 yoshli braziliyalik futbolchi "Yuventus" 2026/27 yilgi mavsum Chempionlar Ligasiga chiqa olmasa, boshqa jamoaga o'tishni ko'rib chiqishga tayyor.

2.jpg

Shu bilan birga, turinliklar 70 million evrolik transfer narxini kamaytiradi.

Bremer 2022 yilning iyulidan beri "Yuventus"da. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Shartnoma 2024 yil avgust oyida uzaytirilgandi. U Italiya jamoasi safida 31 o'yinda 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 35 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport