Eshitdik-da! Proliga yetakchilaridan birining bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

22 may 2026, 09:30
"Kattaqo'rg'on" bosh murabbiyi Yorqin Nazarov o'z lavozimidan iste'foga chiqarildi.

O'tgan yilning dekabr oyida Samarqand klubi bilan shartnoma imzolagan murabbiy 6 oydan so'ng o'z lavozimini tark etadigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, "Kattaqo'rg'on" jamoasi o'z oldiga Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishni maqsad qilgan. Hozirda samarqandliklar Proligada 7-turdan so'ng 14 ochko bilan turnir jadvalining 4-pog'onasida ketmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Kattaqo'rg'on" so'nggi uchrashuvini O'zbekiston kubogining 2-turida "Yaypan"ga qarshi o'tkazib, 0:2 hisobida mag'lub bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia