

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.
Futbolchi ushbu jamoaga o'tish va Lionel Messi bilan bir klubda to'p surishni juda ham xohlamoqda. Erkin agent maqomidagi tekin transfer APLning so'nggi turidan keyin yakuniga yetishi kerak.
Bundan oldinroq, Kazemiro shartnoma muddati tugagach, mavsum oxirida "Manchester Yunayted"ni tark etishi haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, futbolchi Braziliya terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati uchun qaydnomasidan joy olgan.
Futbolchi 2022 yilda Madridning "Real" klubidan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi. Joriy mavsumda Kazemiro "qizil iblislar" safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 9 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali bergan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 8 million evroni tashkil etadi.



