"Lans" sobiq murabbiyi: "Abduqodir xuddi yirtqichdek - aql bovar qilmas darajada kuchli"

22 may 2026, 08:40
"Lans"da Abduqodir Husanov bilan ishlagan murabbiy Uill Still o'zbek himoyachisi haqida fikr bildirdi.

"Lans"dagi birinchi mavsumim boshlanishidan oldin murabbiylar shtabi va klub rahbariyati bilan uchrashganman. Ular menga: "Bizda bir nechta futbolchilar bor, ular orasida Husanov ham bor. U jamoamizda hali to'liq bir yil ham o'ynamagan va biz unga nisbatan hali to'liq ishonch hosil qilmaganmiz. Uni ijaraga berish varianti ham bor. Bundan tashqari, u terma jamoasi bilan Olimpiadaga boradi, shu sababli mavsumoldi tayyorgarlik va o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazib yuboradi. U bor-yo'g'i 200 mingga tushgan, shuning uchun bu katta muammo bo'lmaydi", deyishdi.

Shunda ular mendan unga bir nazar tashlab ko'rishimni so'rashdi. Men esa: "Xo'p, bu masalaga keyinroq qaytamiz", deb javob berdim.

Husanov Olimpiadadan qaytib keldi. Hozir aytmoqchi bo'lganlarim uning "Siti"da o'ynayotgani uchun emas. Birinchi mashg'ulotda biz doira bo'lib qizishish mashqlarini bajarayotgandik, paslar almashdik. Bilasizmi, yaxshi futbolchilar to'p uzatganda yoki unga zarba berganda, to'p boshqacha ovoz chiqaradi. Buni boshqalardan farqini darhol his qilasiz. Ovoz og'ir, kuchli va ishonchli bo'ladi.

Akam-ukalarim ham o'sha payt mashg'ulotda yonimda edi. Abduqodirni birinchi marta ko'rganimizda, hammamiz bir-birimizga qarab qo'ydik. O'sha zahoti bizda o'ziga xos futbolchi borligini tushundim.

U xuddi yirtqichdek - aql bovar qilmas darajada kuchli".

O'xshash yangiliklar


Manba: @mansiti_uzb