Luis Enrike "Arsenal" haqida: "To'psiz ular dunyoning eng yaxshi jamoasi"

Sherzod Nurmatov
22 may 2026, 12:35
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike "Arsenal"ga qarshi Chempionlar Ligasi finalidan oldin raqib haqida fikrini bildirdi.

"Menimcha, ular chempionatda g'alaba qozonishga loyiq edi - ajoyib mavsum o'tkazishdi. O'tgan mavsum "Arsenal" jamoasiga qarshi o'ynagandik, shuning uchun ular nimalarga qodir ekanligini bilamiz. To'psiz dunyoning eng yaxshi jamoasi. To'p bilan ko'p gol urishlari mumkin. Bu ular uchun ajoyib kombinaciya. Finalda ular bizning raqiblarimiz ekanligi mantiqan to'g'ri. Bizni chinakam final kutmoqda.

"Arsenal" statistikasiga nazar tashlasak, Mikel Arteta jamoaga g'alaba ruhini singdirgan murabbiy. Ular bir necha mavsumdan beri bosqichma-bosqich kuchayib kelmoqda.

Bu yil ular Premer-ligada g'alaba qozonishdi va Chempionlar Ligasi finaliga chiqishdi, o'tgan yili esa yarim finalda edi", – dedi mutaxassis.

PSJ va Arsenal o'rtasidagi Chempionlar Ligasi finali 30 may kuni Budapeshtdagi "Pushkash Arena"da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror