

"ESPN Brasil" nashri ma'lumotiga ko'ra, Tiago Milan klubidan bir yillik shartnoma borasida taklif olgan va unga ushbu klubda faoliyatini yakunlash taklifi berilgan. U 2009-2012 yillar davomida ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.
Tiago ushbu yozdayoq faoliyatini yakunlab, 2020-2024 yillar davomida o'ynagan "Chelsi" klubi tizimida ish boshlamoqchi bo'lib turgandi. Uning rejalari o'zgarishi ham mumkin.
Silva ushbu mavsumda Portugaliya chempionatida 8 o'yinda qatnashdi.



