

Ispaniyalik murabbiyning "giloslar" bilan shartnomasi shu yozda tugaydi, deb xabar berdi "Footmercato".
Manbaga ko'ra, avvalroq murabbiyni "Bornmut"ga olib kelgan "Liverpul" sport direktori Richard Xyuz Iraolini taklif qilish ustida ishlamoqda. "Qizillar" ispaniyalikning o'yin uslubiga qiziqish bildirayotgani takidlanmoqda.
"Bornmut" APL 37 turidan so'ng 56 ochko to'plab, 6-o'ringa joylashdi. "Liverpul" 59 ochko jamg'ardi va 5-pog'onani band etib turibdi.



