"Liverpul" Slotning o'rniga yana bir nomzod topdi

22 may 2026, 07:23
"Liverpul"dagilar Arne Slotni iste'foga chiqarib, Andoni Iraolani taklif qilishi mumkin.

"Foot Mercato" ma'lumotiga ko'ra, "qizillar" rahbariyati 47 yoshli niderlandiyalikni iste'foga chiqarishni istamoqda.

Klub sport direktori Richard Xyuz bunga qadar Xabi Alonso nomzodini jiddiy o'rganib borgandi, biroq murabbiy "Chelsi"ni tanladi. Endi Xyuzning e'tibori ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Bornmut"dan ketadigan Andoni Iraolaga qaratilgan.

Qayd etish kerak, Iraola boshqaruvidagi “Bornmut” APLdagi so'nggi 17 o'yinida mag'lub bo'lmadi, “Manchester Siti”ni chempionlik poygasidan chiqarib yuborib, “Arsenal”ning chempion bo'lishiga sababchiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Foot Mercato