

Taniqli jurnalist va insayder Ekrem Konurning ma'lum qilishicha, misrlik vinger Istanbulning "Fenerbaxche" jamoasiga o'tishga yaqin.
Saloh "qizillar" safida 9 yil o'tkazganidan keyin jamoadan ketishi e'lon qilindi. U jamoa tarkibida 441 o'yinda qatnashib, 257 ta gol urgan va 122 ta golli pas uzatgan. uning Transfermarkt'dagi narxi 30 million evroga baholanmoqda.



