"Napoli" bosh murabbiylikka asosiy nomzodlardan birini aniqlab oldi

22 may 2026, 10:30
"Napoli" rahbariyati Antonio Kontening kutilayotgan iste'fosidan so'ng, jamoaning yangi bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlardan birini tanladi.

Neapol klubi "Bolonya" ustozi Vinchenco Italyano bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Italiya chempioni 47 yoshli mutaxassisga 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bo'lgan shartnoma taklif qilishga tayyor. Tomonlar allaqachon bo'lajak kelishuv shartlarini muhokama qilishmoqda.

Italyano joriy mavsumda Seriya A da yuqori o'rinlar uchun kurashgan "Bolonya"dagi muvaffaqiyatli faoliyati bilan "Napoli" e'tiborini tortdi. Bungacha murabbiy "Fiorentina"da ham ishlab, o'zini hujumkor va intensiv futbol tarafdori sifatida ko'rsatgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports