"Manchester Siti" zaxira futbolchisini 85 mln funtga sotishga yaqin - Ramono

21 avg 2026, 07:50
"Tottenxem" "Manchester Siti" vingeri Savinoni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi.

"Shporlar" braziliyalik futbolchi bo'yicha muzokaralarda ilgarilab ketdi va taxminan 85 mln funt evaziga transferni hal qilish arafasida, xabar beradi Fabricio Ramono.

Shuningdek, "Tottenxem" "shaharliklar" bilan hujumchi Omar Marmushning o'tishini ham muhokama qilmoqda.

Savio "Manchester Siti"da 2024 yilning iyulidan beri o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Yarim himoyachi 2025/26 yilgi mavsum 36 o'yinda 4 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Transfermarkt futbolchining transfer narxini 35 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano