Jasur Yaxshiboev salkam 3 yil deganda Superligada gol urdi

21 avg 2026, 00:31
20 avgust oqshomida "Lokomotiv" "Xorazm" maydonida 3:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Ushbu bahsning 77-daqiqasida "temiryo'lchilar" yarim himoyachisi Jasur Yaxshiboev raqiblari darvozasini ishg'ol qildi va shu orqali u salkam 3 yil deganda Superligada gol urdi.

U so'nggi marta 1058 kun oldin, yani, 2023 yilning 28 sentyabrida "Navbahor" - "Turon" uchrashuvida yaypanliklar darvozasini ishg'ol qilgandi.

“Navbahor”dan keyin futbolchi Qozog'istonning “Ordabasi” va Eronning “Nassaji” jamoalari tarkibida harakat qildi.

Ma'lumot uchun, Yaxshiboev yozda "Lokomotiv" tarkibiga qo'shildi va 4 o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia