

"The Guardian" nashri xabariga ko'ra, Konening JCH-2026 dagi o'yinlari "Roma"ga u uchun 51 mln funt so'rash imkonini berdi. Ehtimol, bu avvalroq 25 yoshli francuzga qiziqish bildirgan "Manchester Yunayted"ni cho'chitgan bo'lishi mumkin. Biroq "Man Siti" uchun bunday narx muammo tug'dirmaydi, deydi nashr.
Shu bilan birga, "Manchester Siti" "Lill"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Ayub Buaddini sotib olishga yaqin turibdi. Insayder Fabricio Romano ma'lumotlariga ko'ra, klublar o'rtasida yakuniy bosqichda turgan muzokaralarning yangi raundi rejalashtirilgan. Buaddi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun safar qilishga ruxsat kutmoqda.



