

Tomonlar 21 yoshli Rossiya terma jamoasi futbolchisining transferi bo'yicha kelishuvga erishganini rasman e'lon qildi.
Xabarlarga ko'ra, "Lokomotiv" Batrakov transferi uchun 25 million evro oladi. Ushbu mablag' ikki yil davomida to'lab beriladi. Shuningdek, shartnomada yana 4 million evro bonuslar ko'zda tutilgan.
Batrakovning "Galatasaroy"dagi maoshi bonuslar bilan birga mavsum uchun 4 million evrodan ortiq bo'ladi.
Shuningdek, futbolchining Yevropaning boshqa klublari uchun belgilangan tovon puli 55 million evroni tashkil etadi.
Batrakov joriy mavsum Rossiya Premer-ligasida 4 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan.



