"Uning uchun o'lishga tayyorman". Madridning "Real" klubi yangi a'zosi - Joze Mourinyo haqida

21 avg 2026, 08:40
Madridning "Real" klubi yangi a'zosi Yan Diomande jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan ishlash taassurotlari haqida gapirib berdi.

"Men u bilan ishlashdan xursandman, chunki u eng yaxshisi. Men undan ko'p narsani o'rganishim mumkin, u rivojlanishimni davom ettirish uchun eng munosib murabbiy. Men u uchun o'lishga tayyorman", - deydi Diomandening so'zlarini "Marca" nashri.

Yan Diomande Germaniyaning "RB Leyptsig" klubidan Madridning "Real" jamoasiga 140 mln evro evaziga o'tdi.

Kot-d'Ivuarlik vinger nemis klubida 2025 yildan beri o'ynab kelayotgan edi. 2025/2026 yilgi mavsumda u 36 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Yaqinda bo'lib o'tgan JCH-2026 da Diomande to'rtta uchrashuv o'tkazib, bitta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca