

OAVda Saudiya Arabistoni jamoasi 28 yoshli futbolchi uchun 60 mln evro to'lashi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.
"Manchester Siti"da o'ynash baxtiga muyassar bo'lganimdan va bu yerda o'tkazgan har bir daqiqamdan zavq olganimdan juda xursandman. Kelgan ilk kunimdanoq klubdagi barcha - futbolchilar, murabbiylar va xodimlar meni juda issiq va "Manchester Siti" oilasining bir qismidek kutib olishdi.
Shuningdek, menga va oilamga mehribonlik ko'rsatgan, qo'llab-quvvatlagan "Siti" muxlislariga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. O'tgan mavsumda shunday ikkita alohida sovrinni qo'lga kiritgan jamoaning bir qismi bo'lish - men bir umr qadrlaydigan ajoyib tajriba va yutuqdir. Men ketayotgan bo'lishim mumkin, ammo "Manchester Siti" har doim yuragimda alohida o'rin tutadi", - dedi Reynders.
O'tgan mavsumda Reynders barcha turnirlarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, niderlandiyalik futbolchining bozor qiymati 50 mln evroni tashkil etadi.



