

Biroq "chag'alaylar" mersisaydliklarning birinchi taklifini rad etishdi. Bu haqda "TEAMtalk" xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, transfer oynasi yopilgunga qadar "Liverpul" kamida bitta yangi qanotda o'ynaydigan futbolchini sotib olmoqchi. Minte variantlardan biri sifatida ko'rib chiqilmoqda. "Brayton" 22 yoshli futbolchini sotishga shoshilmayapti.
O'tgan mavsumda Minte barcha turnirlarda 36 ta o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. "Transfermarkt" portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 45 mln evroni tashkil etadi.



