Portugaliya yetakchilaridan biri O'zbekistonga qarshi o'yindan oldin safga qaytdi

Оқил Абдубарноев
19 iyun 2026, 17:37
"Manchester Siti" a'zosi Kongo DR bilan uchrashuvni o'tkazib yuborgandi.

Payshanba kuni milliy terma jamoa 2026 yilgi Jahon chempionatining "K" guruhi 1-turida Kongo Demokratik Respublikasi bilan qayd etilgan durangdan (1:1) so'ng mashg'ulotlarga qaytdi.

Jismoniy holatidagi muammolar sababli jamoaning musobaqadagi ilk o'yinini o'tkazib yuborgan himoyachi Ruben Diash AQSHning Palm-Bich shahridagi "Gardens North County District Park" majmuasida bo'lib o'tgan mashg'ulotlarda umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shildi.

Afrika vakillariga qarshi kechgan bahsda asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar faol tiklanish mashqlarini bajarishgan bo'lsa, qolgan o'yinchilar, jumladan Ruben Diash ham maydonda to'liq shug'ullandi.

Ommaviy axborot vositalari uchun yopiq tarzda o'tgan mashg'ulot jarayonida Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti Pedru Proensa ham ishtirok etdi.

Endi portugallar seshanba kuni Jahon kubogi debyutanti O'zbekistonga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanishi belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sicnoticias