

Bu haqda Matteo Moretto xabar beradi.
Qayd etilishicha, futbolchi La Liganing boshqa klubiga o'tishi mumkin. "Betis" Garsiyani chap qanot himoyachisi sifatida o'z ro'yxatiga kiritdi. Hozircha ikki klub o'rtasida rasmiy kelishuv yo'q.
Fran Garsiya o'tgan mavsumda 23 ta o'yin o'tkazdi. Unda himoyachi bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi 2023 yilda "Real"ga qaytgandi.



