

Xorvatiyalik futbolchi Madrid klubining qiziqishiga qaramay, "shaharliklar" bilan shartnomani uzaytirish arafasida turibdi. Himoyachi 2032 yilning yozigacha yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Yoshko Gvardiol "Manchester Siti" safida 25 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.



