Erling Holand APL tarixida o'yindan 100 ta gol urgan eng tezkor futbolchiga aylandi

Aslanov Jasurbek
18 okt 2026, 13:38
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand Angliya Premer-ligasi tarixida penaltilarni hisobga olmaganda 100 ta gollik dovonni eng tez zabt etgan futbolchiga aylandi.

Bu haqda Opta Sport portali X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'ida xabar bermoqda. Norvegiyalik futbolchi APLning 7-turidan o'rin olgan "Ipsvich"ga qarshi o'yinda (3:2) dublni rasmiylashtirdi.

Angliya chempionatida o'yindan 100 ta gol urish uchun Holandga atigi 139 ta uchrashuv kifoya qildi. Bu turnir tarixidagi barcha futbolchilar orasidagi eng tezkor ko'rsatkichdir.

"Manchester Siti" APL turnir jadvalida maksimal natija (ettita o'yinda 21 ochko) bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. Zaxirasida bitta o'yini bor bo'lgan va ikkinchi o'rinda borayotgan "Arsenal" bilan o'rtadagi farq olti ochkoni tashkil etmoqda. Holand hisobida APL-2026/2027 mavsumining oltita o'yinida urilgan sakkizta gol mavjud.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sport