

"Manchester Siti" 25 iyul kuni O'zbekiston terma jamoasining 22 yoshli futbolchisi bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Yangi shartnoma 2031 yilgacha mo'ljallangan.
"Bu men va oilam uchun katta kun - "Manchester Siti"dagi faoliyatimni uzaytirganimdan juda xursandman. Men Manchesterga kelganimdan beri har bir daqiqadan zavq oldim va futbolchi sifatida sezilarli darajada rivojlanayotganimni va ko'p narsani o'rganayotganimni his qilyapman.
Endi mening oldimda yangi vazifa turibdi - Enco Mareska va uning murabbiylar shtabida taassurot qoldirish hamda muntazam ravishda tarkibga kirishga erishish. Men buni qilishga qatiy qaror qildim.
Qo'llab-quvvatlaganliklari uchun "Siti" muxlislariga rahmat. Bu Angliya va APLga moslashayotganimda men uchun juda muhim edi. Endi faqat oldinga qarayman. Men bu klubga imkon qadar ko'proq muvaffaqiyatga erishishda yordam berish uchun qo'limdan kelganini qilishga tayyorman”, - deya Husanovning so'zlarini keltiradi "Manchester Siti" sayti.
Husanov 2025 yilning yanvarida "Lans"dan "Manchester Siti"ga o'tgan edi. Futbolchi o'shandan beri "shaharliklar" safida 47 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.



