"Man Siti" Diomande uchun "Leyptsig"ga 100 million evro taklif qilishga tayyor

25 iyul 2026, 23:10
"Manchester Siti" Yan Diomande transferi uchun kurashga kirishishi mumkin.

Angliya klubi "RB Leyptsig" hujumchisi uchun 100 million evro taklif qilishga tayyorligini og'zaki bildirdi, deb xabar bermoqda Sky Sport jurnalisti Filipp Xinse. "Shaharliklar"dan hali rasmiy takliflar bo'lgani yo'q. 

Avvalroq nemis klubi futbolchini "Liverpul” va "Real"ga 100 million evroga sotishdan bosh tortgan edi. PSJ hali futbolchi bo'yicha rasmiy takliflar bermagan. 

Diomande o'tgan mavsum Bundesligada 33 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/philipphinze24