"U yaxshi o'ynadi". Xabi Alonso 17 yoshli qozog'istonlik Dastan Satpaevning "Chelsi"dagi debyuti haqida

29 iyul 2026, 08:50
"Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso "Vestern Sidney Uonderers"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida (6:4) qozog'istonlik hujumchi Dastan Satpaevning o'yini haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

17 yoshli futbolchi olinchi daqiqada gol urishga erishdi. Ushbu o'yin Satpaev uchun London jamoasi safidagi debyut o'yin bo'ldi.

"Men Dastani o'tgan yildan beri, u Olmaotada o'ynab yurgan paytlaridan beri bilardim. Uning alohida ajralib turadigan futbolchi ekani ko'rinib turgandi. U raqib darvozasi oldida xavf tug'dira oladi. Hujumchi yonida juda yaxshi harakat qiladi va qanotdan markazga juda to'g'ri siljiydi.

Bu u uchun "Qayrat"dan ko'chib o'tganidan keyingi klubdagi birinchi tajribadir. U yaxshi o'ynadi", - deya Alonsoning so'zlarini jurnalist Bobbi Vinsent X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida keltiradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com