

"Mening o'yin uslubimni tez orada ko'rasiz. Sentyabr oyidagi matbuot anjumanida buni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Men o'z g'oyalarimni ozroq tushuntirib beraman. Bularning barchasi haqida gaplashishga vaqtimiz bo'ladi. U "Real"da qilgan ishlarimga o'xshash bo'ladi. Fransiya terma jamoasi - bu mening bosib o'tgan yo'limning davomidir.
Meni o'yinning o'zi ilhomlantiradi. Men 10-raqamli poziciya o'yinchisi bo'lganman va meni har doim gol urish ruhlantirgan. Men o'yinni yaxshi ko'raman. Men faoliyatimni Fransiyada boshlaganman, keyin 25 yilni Ispaniyada o'tkazdim - bu nimani anglatishini tushunib turibsiz.
Maydonda men yetakchi edim, endi esa o'z tajribam evaziga murabbiy sifatida ham yetakchi bo'lishni xohlayman. Bizda hamma narsa etarli: ajoyib o'yinchilar va shakllantiriladigan murabbiylar shtabi. Va mening yetakchi sifatidagi vazifam ushbu jamoa g'alaba qozonishda davom etishini taminlashdan iborat bo'ladi", - deya Zidanning so'zlarini Fransiya futbol federatsiyasining rasmiy sayti keltiradi.



