Erling Xoland: "Biz birga bo'lishimiz va iojobiy kayfiyatni saqlashimiz kerak"

9 okt 2026, 00:20
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland klubning moliyaviy qoidabuzarliklari bilan bog'liq vaziyat fonida "Liverpul"ga qarshi APL 6-tur uchrashuvi oldidan fikr bildirdi.

Norvegiyalik futbolchi jamoa atrofidagi shov-shuvlarga qaramay, futbolchilar birdamlikni saqlashi va e'tiborni maydondagi vazifalarga qaratishi kerakligini ta'kidladi.

"Biz birga bo'lishimiz, bir-birimizni qo'llab-quvvatlashimiz va iojobiy kayfiyatni saqlashimiz kerak. Hayotda nima bo'lishidan qati nazar, doimo tabassum qilishimiz lozim.

Biz pozitiv bo'lib qolishimiz, oldinga qarashimiz, o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilishimiz, vaziyatdan zavq olishimiz va g'alaba uchun maydonga chiqishimiz kerak.

Bu joy men uchun juda qadrli, umuman olganda, Buyuk Britaniya ham menga juda aziz. Ota-onamning har biri bu yerda 10 yildan yashagan - Nottingem va Lidsda.

Aytishim kerakki, “Manchester Siti” taqdiri meni juda qiziqtiradi. Muxlislar men uchun juda muhim, chunki o'zim ham muxlisiman - ularning his-tuyg'ularini tushunaman", - dedi Holand klubning rasmiy saytiga.

"Manchester Siti"ga qo'yilgan 115 ta ayblovdan 114 tasi bo'yicha klub aybdor deb topilgan. Ish moliyaviy ma'lumotlarni noto'g'ri taqdim etish, futbolchilar va murabbiylarga to'lovlar hamda moliyaviy nazorat talablariga rioya qilmaslik bilan bog'liq.

O'xshash yangiliklar


Manba: mancity.com