

U bu mavzu jamoaga ta’sir qilmayotganini ta'kidladi.
"Rostini aytsam, shaxsan o'zim juda xotirjamman. Klub bu masalaga aniq baho berdi. Biz klubga to'liq ishonamiz. Atrofimizda shov-shuv bo'lishi muqarrarligini tushunamiz, ammo biz uchun eng muhimi - nazorat qila oladigan narsalarimiz. Biz faqat futbol bilan bog'liq jihatlarni nazorat qila olamiz.
Hozirgi hissiyotlar ajoyib. Futbolchilar keyingi ikki uchrashuvni intiqlik bilan kutmoqda. Ayniqsa, hozir chempionatda peshqadamlik qilayotganimiz ularni ruhlantirmoqda. Futbolchilar faqat shu haqda o'ylayapti. Ular nazorat qila oladigan yagona narsa futbol ekanini yaxshi bilishadi va boshqa masalalar ularni umuman qiziqtirmayapti.
Futbolchilar o'z kasbini yaxshi biladi va atrofimizda shov-shuv borligini tushunadi. Ammo bu ularni unchalik tashvishga solmayapti. Hozir ularning butun e'tibori “Liverpul”ning bosimiga qanday bardosh berish va muxlislar bilan birgalikda “Enfild”da g'alaba qozonishga qaratilgan", - dedi Mareska klubning rasmiy saytiga bergan intervyusida.
"Manchester Siti" APLdagi 5 ta turdan so'ng 15 ochko jamg'arib, turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi.



