

"Agar u g'olib bo'lsa, bu adolatli qaror bo'ladi. U ajoyib mavsum o'tkazdi, La Liga va Jahon chempionatida g'olib bo'ldi. U bu sovringa loyiq. Yamalning o'zi ham shunday deb hisoblaydi. U bu haqda ochiq gapirayotgani menga yoqadi.
U to'g'riso'z va juda yosh. Agar u "Oltin to'p"ni qo'lga kiritsa, men bundan juda xursand bo'lardim.
Hammasi qanday yakunlanishini ko'ramiz. Hozircha barcha ma'lumotlar qatiy sir saqlanmoqda. Biz tashkilotchilar bilan gaplashishga harakat qildik, ammo ular hech narsa aytmayapti. Taranglikka boy bir oydan so'ng, 26 oktyabr kuni natijani kutamiz.
Lamin maydonga tushganida o'zini futbol orqali namoyon etishga intiladi va mehnatlari etirof etilishini xohlaydi. Uning bunday fikr bildirishini tushunaman. Bu jahon futboli tarixidan joy olishni istagan 19 yoshli yigitning mutlaqo tabiiy munosabati", - dedi Laporta.



