

Klub mustaqil komissiya hukmi ustidan apellyaciya berishi kutilyapti.
Jurnalist bergan ma'lumotga ko'ra, klubga nisbatan qo'llanadigan sankciyalar hozircha tasdiqlanmagan.
Eslatib o'tamiz, 2023 yilning fevral oyida APL klubga 2009/2010 yilgi mavsumdan 2017/2018 yilgi mavsumgacha bo'lgan davr bo'yicha 115 ta ayblov qo'ygandi. Xususan, "shaharliklar" moliyaviy ma'lumotlarni taqdim etmaslikda, futbolchilar va murabbiylarga to'langan tovon pullari haqida noto'g'ri ma'lumotlar berishda, shuningdek, APLning daromadlilik va barqarorlik qoidalarini buzganlikda ayblangandi. "Manchester Siti" barcha ayblovlarni doimiy ravishda rad etib, ularni yolg'on deb atab keldi. Shuningdek, klub APL komissiyasining xolisligi va uning yurisdikciyasiga etiroz bildirib, sudlarga davo arizalari ham kiritgan edi.



