

Bu voqea Angliya Premer-ligasining 5-turidan o'rin olgan, "Manchester Siti" "Sanderlend"ni mag'lub etgan (5:3) o'yinda sodir bo'ldi. Jamoalar Manchestyerdagi "Etixad" stadionida to'qnash kelishdi.
Xoland uchrashuvning 81-daqiqasida gol urdi. Shu tariqa, hujumchi Premer-ligada o'zi qarshi to'p surgan barcha 25 ta jamoa darvozasiga gol urishga erishdi.
Bunday natijaga erishgan yana bir futbolchi - forvard Garri Keyn hisoblanadi. Hujumchi APLda o'zi to'qnash kelgan 32 ta jamoaga gol urgan.



